Fransiya IShID terrorchilari uchun asosiy nishonga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Manuel Vals BFM TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Fransiya IShID uchun birinchi raqamli nishon bo‘lsa ajab emas. Xavf darajasi hozir ham o‘ta yuqori, u hech qachon bunchalik bo‘lmagan. Hamyurtlarimni cho‘chitmoqchi emasman. Biroq kishi urush holatida bo‘lgach, bunga qarshi turishga imkon beradigan kuch-bardosh kerak bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan bosh vazir.
Vals rasmiylar mamlakatda terrorchilar bilan bog‘liq 2 ming kishi va ularning ta’siriga berilgan yuzlab, hatto minglab kishilarni aniqlaganini bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)