Lufthansa aviakompaniyasining Myunxendan Vankuverga uchayotgan samolyoti parvoz chog‘ida layner eshigini ochishga uringan yo‘lovchi tufayli, Gamburgga shoshilinch tarzda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Aviakompaniyadagilar ta’kidlashicha, qo‘ngandan so‘ng, samolyot eshigini ochmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi reysdan chetlashtirilgan.
Gamburg politsiyasi xabariga ko‘ra, erkakni shifokor ko‘rikdan o‘tkazgan va unda ruhiy faoliyatning buzilishini aniqlagan. Uni mahalliy psixiatriya kasalxonasiga yetkazishgan.
Samolyot yo‘lovchilari aytib berishicha, layner havoga ko‘tarilgach, erkak “tobora ko‘proq xavotirlana boshlagan va sigareta tutatishga uringan”. Samolyot taxminan 11 km balandlikka ko‘tarilgach, u baqirgan holda laynerning orqa eshigini ochmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)