Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp maktab o‘qituvchilari sinfxonalarda o‘qotar qurol saqlashini yoqlab chiqdi, deb yozadi “RBK”.
“Darsxonalarda qurol bo‘lishini istamayman, ammo, to‘g‘risini aytganda, ba’zi hollarda dars vaqtida o‘qituvchilar qo‘l ostida qurol bo‘lishi kerak. Chunki bizning maktablarimizda ishonib bo‘lmaydigan hodisalar sodir bo‘lib turadi”, — dedi Tramp.
21-may kuni Tramp AQSh prezidentligiga saylansa, qurol olib yurish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqni himoya qilishi va uni olib yurish taqiqlangan hududlarda taqiqni bekor qilishini aytgan edi.
Izoh (0)