21-may, shanba kunga o‘tar kechasi Italiyada Yevropadagi eng baland Etna vulqoni ketma-ket bir necha marta otildi, deya xabar bermoqda “Izvestiya”.
Hodisa bir necha soat davom etdi, vulqonning janubi-sharqiy qismidan kul ajralib chiqqan bo‘lsa, g‘arbiy tomondan lava oqib tushdi.
Vulqonga eng yaqin joylashgan uchta qishloqda biroz kul yog‘ishi kuzatildi.
Etna Sitsiliya orolida joylashgan bo‘lib, uning balandligi 3328 metrni tashkil etadi. Tog‘ Yevropadagi uyg‘oq vulqonlar ichida eng faoli va eng yirigi hisoblanadi. Bundan avval vulqon 2015-yil 3-dekabrida otilgan edi, u jami taxminan 200 marta otilgan.
Izoh (0)