Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ukrain xalqi Yevropa sivilizatsiyasini vahshiylik va zolimlikdan himoya qilayotganini aytdi, deb yozadi “RBK”.
Uning fikricha, Ukrainaning “Rossiya tajovuziga qarshi kurashi” “Yevropa uchun kurash” hisoblanadi. Bu haqda u Ukrainada 21-may kuni nishonlanadigan Yevropa kuni munosabati bilan Yevroittifoq bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimida aytib o‘tdi.
“Bugungi kunda aynan biz, ukrainaliklar Yevropani butun qit’amizga tahdid solayotgan vahshiylik, zolimlik, terrorizm, militarizmdan himoya qilmoqdamiz… Bizning Rossiya tajovuziga qarshi kurashimiz — Yevropa uchun kurashdir. Shu tufayli, Yevropa kuni — biz ukrainaliklarning tarixiy bayramimiz”, — dedi Poroshenko.
“Bir kun kelib, Ukraina fuqarolari Yevropa parlamenti, Yevropa komissiyasi, Yevropa organlarida o‘z joylarini egallashiga ishonchim komil… Bir kun kelib, ukrain tili Yevropa ittifoqining rasmiy tili maqomiga ega bo‘lishiga aminman”, — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)