Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Igor Nasalik “112 Ukraina” telekanali efirida qishloqlarning gazdan voz kechishini ortga emas, oldinga tashlangan qadam, deb baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Agar qishloqlarda gazdan foydalanishdan voz kechib, Germaniyada ham qo‘llaniladigan yog‘och granulalarda ishlaydigan qozonxonalar qurilsa, bu ortga emas, oldinga tashlangan qadam bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan vazir.
Nasalik o‘zi boshqargan Kalush shahrini misol keltirib, o‘tinda ishlaydigan qozonxonalar sababli salkam 60 foiz iqtisod qilishga erishilganini eslab o‘tgan.
Izoh (0)