Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga da’vogar bo‘lgan milliarder Donald Tramp prezidentlik kampaniyasiga shaxsiy mablag‘laridan 43 million dollar sarflashga ulgurdi. Bu haqda milliarderning AQSh Federal saylov komissiyasiga yo‘naltirilgan moliyaviy hisobotiga tayanib, Associated Press xabar berdi, deb yozadi “Kommersant”.
Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yish qarori haqida e’lon qilgan kunidan to may oyi boshigacha Donald Tramp jami 56 million dollarga yaqin pul xarjlagan.
Qayd etilishicha, delegatlar ovozlari uchun keskin kurash yuzaga kelgan aprel oyining o‘zidayoq qariyb 9,4 million dollar ishlatgan, shundan 7,5 millioni uning shaxsiy jamg‘armasi bo‘lgan.
Izoh (0)