EgyptAir aviakompaniyasi bir oydan so‘ng o‘ziga qarashli A320 laynerining halokati yuzasidan dastlabki hisobotni tayyorlaydi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Fojiani taftish qilish bilan shug‘ullanayotgan komissiya rahbari Ayman al-Muqaddam hisobotda o‘sha paytga qadar to‘planadigan barcha axborot aks etishini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, MS804 reysi bilan Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19-may tongida O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida 66 kishi bo‘lgan. Keyinroq dengizdan samolyot bo‘laklari topildi.
Izoh (0)