AQSh prezidentining IShID radikal guruhiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyadagi maxsus vakili Brett Makgerk Yaqin Sharqdagi kuchlar qo‘mondoni general Jozef Votel Suriyaga tashrif buyurgani va terrorchilarning norasmiy poytaxti Raqqaga hujumni muhokama etgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“General Votel Raqqaga hujumni tayyorlash uchun Suriyada bo‘ldi”, — deb yozdi Makgerk Twitter’dagi sahifasida.
AQSh prezidenti Barak Obama Gannoverdagi sammit chog‘ida Suriyadagi amerikalik maxsus bo‘linmalari jangchilari soni olti barobar ko‘payishini e’lon qilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)