Ispaniyaning Saragosa shahrida istiqomat qiluvchi 40 yoshli erkak uyidagi yopilib qolgan eshik ortida ikki nafar qizchasi qolganini aytib, qutqaruv xizmati xodimlarini aldadi. Uyda bolalar emas, ikki mushuk qamalib qolgan, erkak ularni deb tashvish chekayotgan ekan, deb hikoya qiladi Life.
Keyinchalik erkak qizlar haqida gapirganda jonivorlarini nazarda tutganini bahona qildi. Ispaniyada bunday harakatlar huquqbuzarlik deb hisoblanadi, shu bois Saragosa fuqarosini yirik moliyaviy jarima kutmoqda. Mahalliy qonunlar aldov yo‘li bilan qutqaruv xizmatlarini chaqiradigan jonivorlar egalariga 150 mingdan 600 ming yevrogacha jarima solinishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)