Coca-Cola’ning Amerikadagi yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan FEMSA kompaniyasi (Meksika) zarur ashyolar yetishmaganligi uchun Venesuelada ichimlik tayyorlanishi yaqin orada to‘xtatilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
El Economista ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kompaniya ichimlikning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan shakar tanqisligi sharoitida ishlamoqda. Yetkazib beruvchilar xomashyo yo‘qligi sababli mahsulotning yangi turkumlarini kompaniyaga berishni deyarli to‘xtatdi.
Nashrning bildirishicha, FEMSA mamlakatda to‘rtta korxonaga ega, ularda 7,3 ming venesuelalik mehnat qiladi.
Izoh (0)