O‘rtayer dengizida Misrning EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyoti bo‘laklari topildi. Bo‘laklarning dastlabki suratlari Misr Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Suratlarda aviakompaniya logotipi tushirilgan samolyot bo‘laklarini, qutqaruv nimchalari va yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlarini ko‘rish mumkin.
Parijdan Qohiraga uchayotgan layner 19-mayga o‘tar kechasi O‘rtayer dengizi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda radarlardan yo‘qolgan edi.
Samolyot bortida 66 kishi bo‘lgan. Misr hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ularning bari halok bo‘lgan.
Izoh (0)