19-may, payshanba kuni Hindistonning Rojaston shtati, Pxalodi shahrida havo harorati +51 darajaga yetdi va yangi milliy rekord qayd etildi. Bu esa mamlakat meteorologik kuzatuvlar tarixida bunday issiq harorat kuzatilmaganini anglatadi, deya xabar beradi “Meteonovosti.ru”
Oldingi rekord ko‘rsatkich +50,6 daraja bo‘lib, ikki bor — 1886-yil 25-mayda Pachpadra aholi punkti va 1956-yil 10-mayda Alvar shahrida qayd etilgandi.
Nafaqat Hindiston, balki qo‘shni Pokistonda ham haddan ziyod jazirama hukm surmoqda. Kuni kecha bu yerda ob-havo 51,5 daraja issiq bo‘lgan, vaholanki may oyida odatiy harorat 40—44 daraja issiqlikni tashkil etardi. Agar jazirama shu tariqa davom etsa, Pokistonning milliy rekordi ham (+53,5 daraja) yangilanishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)