Misr harbiylari EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli bedarak yo‘qolgan samolyot bo‘laklarini Iskandariyadan 290 kilometr shimoliy yo‘nalishda topdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari ham topilgani haqida xabar berilmoqda.
EgyptAir aviakompaniyasining Parijdan Qohiraga uchayotgan A320 samolyoti 19-may, payshanba kuni O‘rtayer dengizi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda radarlardan yo‘qolib qolgan edi.
Samolyot bortida 66 kishi — 56 nafar yo‘lovchi, ekipajning yetti nafar a’zosi va xavfsizlik xizmatining uch xodimi bo‘lgan.
Izoh (0)