Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bloomberg’ning aniqlashicha, Yevroittifoqqa a’zo 28 mamlakatning bari bu tashabbusni ma’qullamoqda. Biroq, “RBK”ning yozishicha, sanksiyalar masalasida yakuniy qaror qabul qilinganicha yo‘q.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 mamlakat vakillarining barchasi sanksiyalar Minsk kelishuvlari to‘liq bajarilganidan so‘nggina bekor qilinishi kerak, degan fikrda. Bu fikrni, Bloomberg’ning yozishicha, sanksiyalarning joriy etilishi uchun eng kam rag‘bat ko‘rsatgan mamlakatlar ham ma’qullamoqda.
Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro Parij Moskvaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni xohlashini, biroq hozir buning uchun zarur shart-sharoit yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)