Rossiyaning Barnaul shahrida yorilgan quvurdan otilib chiqqan qaynoq suv favvorasi to‘qqizinchi qavatdagi derazalar oynalarini urib sindirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea quvurdagi suvlarning siqilib qolishi tufayli kelib chiqqan.
“Quvur yorildi, otilib chiqqan suv oqimi shu qadar kuchli ediki, havoga ko‘tarilib, to‘qqizinchi qavatga yetdi. Bunday favvoradan uyning yuqori qavatlaridagi deraza va boloxonalarga zarar yetdi”, — dedi voqea guvohlardan biri.
Quvur suv ta’minoti tarmog‘idan uzib qo‘yildi, avariya joyida mutaxassislari ishlamoqda.
Izoh (0)