Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Chernogoriyaning alyansga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
NATO matbuot kotibi Oana Lungeskuning so‘zlariga qaraganda, endilikda Chernogoriya alyans uchrashuvlarida taklif qilingan ishtirokchi sifatida qatnashadi. Tashkilotning barcha 28 a’zosi bayonnomani imzolaganidan so‘ng u alyansning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.
Rossiya TIV Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishi rasmiy Moskva manfaatlariga bevosita daxl qilishi va shu bois ushbu qaror Rossiyaning tegishlicha chora ko‘rishiga turtki bo‘lishi borasida bayonot berdi.
Izoh (0)