Misrda olti kishi 2013-yilda Qohirada Fransiya fuqarosini o‘ldirganligi uchun yetti yildan qamoq jazosi oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Tartib posbonlari 2013-yil sentabrida 49 yoshli fransuz tili o‘qituvchisi Erik Langni ko‘chada qo‘lga olgan va politsiya uchastkasidagi dastlabki qamoq kamerasiga joylashtirgan. U yerda avvaldan olti kishi bo‘lgan, ular, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Langni o‘lgunicha kaltaklagan.
Marhumning qarindoshlari, shuningdek, sudlanganlarning advokatlari tergov versiyasini shubha ostiga qo‘ymoqda, chunki anatom-patologlar ma’lumotlariga ko‘ra, xorijlik kaltaklar bilan do‘pposlangan. Huquqshunoslar fikricha, qotillikka politsiyachilar aloqador bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)