AQShning uchinchi prezidenti Tomas Jeffersonga tegishli soch tolalari Dallasdagi (Texas shtati) auksionda 6875 dollarga sotildi. Kimoshdi savdosini uyushtirgan Heritage Auctions ekspertlari aslida bundan ikki barobardan ham kam summaga umid qilgandi, deya xabar beradi “TASS”.
Lot prezidentning o‘limi kuni — 1862-yil, 14-iyulda davolovchi shifokor qirqib olib qo‘ygan 14 ta soch tolasini o‘z ichiga oldi. Undan hujjatlar, jumladan, hozirgi kunga qadar Jefferson soch namunalaridan juda kam qolganini tasdiqlovchi maktub ham o‘rin olgan.
Soch tolalarining yangi egasi o‘zini oshkor etishni istamadi.
Izoh (0)