Qutqaruvchilar Rossiyaning Leningrad viloyati, Priozersk tumanidagi vertolyot qulagani taxmin qilinayotgan Suxodolskoye ko‘lida qidiruv ishlariga kirishdi. Biroq hozircha vertolyot topilmagan, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa joyiga qutqaruvchilar, tergovchilar va politsiya yetib kelgan. Gap xususiy vertolyot haqida ketayotgani bildirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot simlarga o‘ralashib qolib, ko‘lga qulab tushgan, ayrim manbalarga ko‘ra hatto portlagan ham. Uning bortida ikki kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)