O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Fukuoka shahrida davom etayotgan, sovrin jamg‘armasi 50 ming dollardan iborat tennis turnirining juftliklar bellashuvida yarim finalga yo‘llanma oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Rossiyalik Kseniya Likina bilan tandem hosil qilgan Abduraimova chorak final uchrashuvida yaponiyalik Mixaru Imanishi va Rika Fujivara juftligini 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Final yo‘llanmasi uchun bahsda Abduraimova/Likina tandemi turnirning ikkinchi raqamli juftligi – yaponiyalik Kanae Xisami va Kotomi Takaxata duetiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Likina va Abduraimova juftliklar bahsi ilk davrasida musobaqaning uchinchi raqamli juftligi – Akiko Omae (Yaponiya) hamda Pingtarn Plipuyech (Tailand) duetini 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Yakkalik bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik 21 yoshli tennischi ilk davrada bolgariyalik Aleksandrina Naydenovaga qarshi bahs olib bordi va 4:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)