Tojikiston huquq-tartibot idoralari IShIDning to‘rt nafar tarafdorini qo‘lga olib, 9-may tadbirlari nishonlanishi arafasida mamlakat poytaxtida terakt uyushtirilishining oldini oldi. Bu haqda respublika IIV ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 6-may kuni mamlakat maxsus xizmatlari bilan hamkorlikdagi operatsiya chog‘ida Dushanbeda teraktlar tashkillashtirish uchun Moskvadan kelgan Do‘ston Mengliqulov qo‘lga olingan. Tojikiston janubidagi Qabodiyon tumanida uning uch nafar sherigi ushlangan. Tintuv davomida ularga tegishli audio va videojihozlar, ekstremistik mazmundagi kitoblar, ikki to‘pponcha, shuningdek, harbiy libos musodara etilgan.
IIV vakilining bildirishicha, terrorchilar Suriyada bo‘lgan rahbarlari ko‘rsatmasiga ko‘ra bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda turkum teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)