Qutqaruvchilar Xitoyning Futszyan provinsiyasi, Taynin uyezdidagi qurilish maydoni vayronalari ostidan ko‘chki ostida qolgan 13 nafar ishchini chiqarib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi shtabining aniqlik kiritishicha, hozirda kamida 41 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Oldinroq ularning soni 35 kishidan iborat ekanligi bildirilgandi.
Izoh (0)