Pokistondagi qandolat do‘koni egasi shirinliklarga pestitsid qo‘shib, kamida 30 kishining o‘limiga sababchi bo‘lganini tan oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Xolid Mahmud politsiyadagi so‘roq chog‘ida o‘zi bilan birga do‘konga egalik qilgan va “undan foydalanib, tahqirlab kelgan” akasi Tariqdan o‘ch olish maqsadida shirinliklarga zahar solgani haqida gapirib berdi.
Zaharlangan qandolat mahsulotlarini mahalliy fuqaro nabirasi dunyoga kelganiga atab oilasi va yaqinlari uchun xarid qilgan edi. Mazkur oilaning ko‘plab a’zolari 30 nafar qurbon orasida bo‘lgan. Hozirda yana to‘rt nafar jabrdiyda kasalxonada qolmoqda.
Izoh (0)