Qirg‘iziston Oliy sudi sobiq prezident Kurmanbek Bakiyevning kichik o‘g‘li Maksimni sirtdan 30 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sud Bakiyevni “Bitim tuzish yoki undan voz kechishga majburlash”, “Jinoiy daromadlarni legallashtirish”, “Tamagirlik” moddalari bo‘yicha jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topdi.
“Maksim Bakiyevga uzil-kesil 30 yil ozodlikdan mahrum etish, 50 ming som (720 dollar atrofida) jarima, mol-mulkini musodara etish, 3 yil muddatga davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum etish va jazoni kuchaytirilgan tartibdagi koloniyada o‘tash belgilandi”, — deyildi Oliy sud matbuot xizmatida.
Ma’lumot uchun, 2010-yilda lavozimidan chetlatilgan Qirg‘iziston ikkinchi prezidentining oilasi — uning o‘zi, ukasi Jonibek, o‘g‘illari Marat va Maksim Interpol yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan.
Izoh (0)