Markaziy Xitoydagi Xenan provinsiyasi, Uchji uyezdida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
2-may, dushanba kuni ertalab mototsikl haydovchisi to‘g‘on ustuniga urilib ketishi tufayli uni boshqargan haydovchi halok bo‘ldi, yo‘lovchisi esa jarohat oldi. Yaradorga yordam ko‘rsatilayotganda voqea joyidan o‘tib ketayotgan avtomobil haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay, qutqaruvchilar guruhiga kelib urildi. Bu falokatda besh kishi, jumladan, shifokor ham halok bo‘ldi.
Politsiya hodisa sabablarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)