AQSh sayohat kemasi 50 yil davomida birinchi bor Mayamidan Kubaga yo‘l oldi. Carnival Corporation kompaniyasi layneri 1-may, yakshanba kuni orol-davlatdagi turli portlarga kirib o‘tish ko‘zda tutilgan bir haftalik safarni boshladi, deya xabar beradi “TASS”.
Kompaniya bosh direktori Arnold Donaldning bildirishicha, kema yo‘lovchilari orasida Kubadan AQShga kelib qolganlar va orolda tug‘ilgan amerikaliklar bor. Ikki haftada bir marta qatnaydigan mazkur reys “tarixiy ahamiyatga egaligi va ikki mamlakat uchun o‘ta ijobiy ta’sir ko‘rsatishi” aytilmoqda.
Kubaga sayohat 704 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Adonia kemasida amalga oshiriladi. Bir kishi uchun chipta narxi 2 mingdan 7,5 ming dollargacha etib belgilangan.
Izoh (0)