IShID Iroq janubidagi portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda, The Independent manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq As-Samava shahridagi munitsipal kengash binosi va avtobus bekati oldida ikki minalashtirilgan avtomobil portlatilgani, buning oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)