Iroqning Mutanna viloyatida, Bag‘doddan 280 kilometr janubi-sharqda joylashgan As-Samava shahrida 1-may, yakshanba kuni sodir bo‘lgan ikki portlash tufayli kamida 33 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikki minalashtirilgan avtomobil portlagani bildirilmoqda. Ulardan biri munitsipal kengash binosi oldida, yana biri avtobus bekati yaqinida bo‘lgan.
Hozircha biror guruh mazkur terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Izoh (0)