AQShning Texas shtatida o‘smir qiz attraksion kabinkasidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Falokat El-Pasoda diniy bayramga bag‘ishlangan karnavalda sodir bo‘ldi. Uch nafar qiz tez aylanuvchi karuselda uchayotganda ulardan ikkisi (15—18 yoshlardagi o‘smirlar) pastga quladi. Qizlardan biri voqea joyida halok bo‘ldi, ikkinchisi esa kasalxonaga yotqizildi. Uchinchi o‘smir kabinkada qoldi.
Halok bo‘lgan qiz metall to‘siqqa urilgani aytilmoqda. Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)