Xitoy janubidagi Xaynan provinsiyasi trassalaridan birida 1-may, yakshanba kuni mikroavtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, 11 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlardan biri, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, olamdan o‘tgan.
Politsiya to‘qnashuv aybdorini aniqlashga kirishgan.
Izoh (0)