1-may, yakshanba kuni Markaziy Xitoyning Xenan viloyati, Sziyuan shahridagi suv omboriga kichik sayohat vertolyoti quladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida 4 kishi bo‘lgan: ulardan ikki kishi qutqarib qolingan, uchuvchi va yo‘lovchi qizning taqdiri hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Hodisa joyida vertolyot yordamida sayohat parvozlari o‘tgan haftadan boshlangani bildirilmoqda.
Izoh (0)