O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyaning Myunxen shahrida davom etayotgan BMW Open tennis turnirining yakkalik bahslarida o‘z ishtirokini yakunladi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik tennischi asosiy to‘r bahslarining ilk davrasida chexiyalik Lukash Rosolga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 5 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:7, 6:4, 7:6 hisobi qayd etilib, Rosolning foydasiga hal bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ATP reytingida 73, Lukash Rosol esa 65-pog‘onani egallab kelmoqda.
Rossiyalik Mixail Yelgin bilan tandem hosil qilgan 29 yoshli O‘zbekiston vakili juftliklar bahsi ilk davrasida avstriyalik Filipp Osvald va chexiyalik Lukash Rosol duetiga qarshi bahs olib boradi.
“Olamsport”ning xabar qilishicha, BMW Open tennis turnirining mukofot jamg‘armasi 520 070 yevroni tashkil etadi. Yakkalik bahslarining birinchi davrasida qatnashgan tennischilarga 4 680 yevro mukofot puli taqdim etiladi.
Izoh (0)