AQSh adliya vazirligi Nyu-Yorkdagi narkotiklar bilan bog‘liq ishni tekshirishda iPhone smartfonidagi ma’lumotlarni olish uchun Apple yordamiga muhtoj emas. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, prokuratura Nyu-Yorkning Bruklin sudiga tergovchilar smartfondagi ma’lumotlarni olish masalasini mustaqil hal etgani haqida maktub jo‘natgan.
So‘z borayotgan qurilma tergov manfaatlarini ko‘zlab mohiyati oshkor qilinmayotgan narkotiklar bilan bog‘liq jinoiy ishga aloqadorligi bildirilmoqda. Rasmiylar o‘tgan yil oktabrida sud tartibida kompaniyani iPhone’ni ochishga majbur etdi, biroq mazkur ishni ko‘rib chiqqan nyu-yorklik sudya Jeyms Orensteyn fevral oxirida Apple o‘z ixtiyoriga qarshi tergovchilarga yordam berishga majbur emasligi haqida hukm chiqardi.
Mart oyida AQSh adliya vazirligi ushbu qarorga shikoyat bildirishini, aprelda esa korporatsiya ko‘mak berishiga erishish niyatidaligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)