Xalqaro kosmik stansiya (XKS) 42-ekspeditsiyasi ishtirokchisi Samanta Kristoforetti vaznsizlik sharoitida gigiyenaga rioya etish, oddiyroq aytganda, fazogirlar qanday yuvinishi va dush qabul qilishi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Suv stansiya bo‘ylab sochilib ketmasligi uchun darrov teriga surtiladi, u yuzadagi taranglik tufayli “yopishadi”, keyin faqat ishqalash kerak. Yuvinish vositalari odatda teri va sochning o‘zida quriydi, ularni faqat sochiq bilan namlash talab etiladi. Suvni tejash uchun sochiqlar namlikni ushlab qolib, yana suvga aylantiradigan ventilyatsiya tizimi yonida quritiladi.
https://youtu.be/ing1vQBPB48
Izoh (0)