AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel Gannover shahrida ikki tomonlama muzokaralarni boshladi. Bu haqda N-24 telekanalining onlayn translyatsiyasi asosida “Vedomosti” xabar bermoqda.
Uchrashuv boshlanishidan oldin Xerrenxauzen qasrida AQSh yetakchisini qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bundesver orkestri AQSh va Germaniya madhiyalarini navbatma-navbat ijro etdi.
Muzokaralar kun tartibidagi rasmiy mavzular — Ukraina, Liviya, Suriya, YeI va AQSh o‘rtasida erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv — TTIP.
Eslatib o‘tamiz, Obamaning Gannoverga tashrifi arafasida bu shaharda erkin savdo hududi to‘g‘risidagi kelishuvdan norozi o‘n minglab odamlar namoyish uyushtirgan edi.
Izoh (0)