Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 23-aprel, shanba kuni telefon suhbati chog‘ida Qorabog‘ mojarosini tartibga solishni muhokama qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Ozarbayjon davlati rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
Pan Gi Mun Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, Bokuda bo‘lib o‘tadigan Sivilizatsiya alyansi 7-global forumida shaxsan ishtirok eta olmasligi uchun uzr so‘radi.
Aliyev, o‘z navbatida, BMT bosh kotibiga qo‘ng‘iroq uchun minnatdorlik bildirdi va Ozarbayjonning tashkilot bilan hamkorligi muvaffaqiyat bilan rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Telefon suhbati chog‘ida, shuningdek, tomonlar Tog‘li Qorabog‘ mojarosini tartibga solish bo‘yicha joriy vaziyatni ham muhokama qildi.
Izoh (0)