KXDR suvosti kemasidan ballistik raketani uchirdi. Sinovlar mamlakatning sharqiy sohillari hududida o‘tkazilgan. Bu haqda Janubiy Koreya OAVlariga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda.
Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ballistik raketani uchirish chog‘ida kema Yapon dengizida bo‘lgan. Parvoz muvaffaqiyatli bo‘lgani yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Yaponiyaning NHK telekanaliga ko‘ra, mamlakat mudofaa vazirligi vakillari Yapon dengizida raketa uchirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Izoh (0)