Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga postlar joylashtirganlik uchun haq to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda, The Verge nashri ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Hozirgi paytda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar uchun eng qiziqarli bo‘lgan rag‘batlantirish turlarini o‘rganib chiqmoqda. O‘ziga xos bo‘lgan kontenti bilan o‘quvchilarga ma’qul kelgan post uchun ular “choy puli”, ehson qoldirishi yoki reklama tushumlaridan foiz olishi mumkin.
Kompaniya foydalanuvchilar repost va layklarni suiiste’mol qila boshladi degan qarorga kelgan, bu kabi yangi kontent esa deyarli mavjud emas.
Bundan tashqari, Instagram kabi servislarning paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning o‘z suratlari bilan post chop etishi kamayib ketgan.
Izoh (0)