20-aprel, chorshanba kuni Atlantika okeanining shimoliy qismida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, AQSh Geologiya xizmati axborotiga asoslanib, “TASS” ma’lumot berdi.
Tabiiy ofat epitsentri Barbados orolidan 400 kilometr sharqda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda.
Vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Bugun, 20-aprelda, shuningdek, Papua Yangi Gvineya yaqinida va Markaziy Osiyoda silkinishlar qayd etildi.
Izoh (0)