Shimoliy Osetiyada havo transport vositasi halokatga uchradi. Uning uchuvchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, “havo transport vositasi Terskaya qishlog‘idan 2 kilometr uzoqlikda qulagan, halokat joyida yong‘in qayd etilmagan”. Rossiya FVV mintaqaviy boshqarmasi vakilining bildirishiga ko‘ra, motodeltaplan halokatga uchragan.
Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)