Eron maxsus xizmatlari mamlakatda terakt uyushtirishni rejalashtirgan jangarini hibsga oldi. Bu haqda Tehrondagi matbuot anjumanida razvedka ishlari bo‘yicha vazir, oyatulloh Mahmud Alaviy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Eronga terakt amalga oshirish uchun kelgan terrorchi maxsus xizmatlar tomonidan mamlakat g‘arbida qo‘lga olindi. Uning tan olishicha, terrorchi guruhlar rahbarlaridan Eronda portlash uyushtirish yuzasidan topshiriq olgan. Mamlakat xavfsizlik kuchlari teraktning oldini olib, mintaqadagi ayrim davlatlarning Erondagi vaziyatni izdan chiqarishdek mudhish rejalariga barham berishga muvaffaq bo‘ldi”, — deya ta’kidlagan Alaviy.
Vazirning bildirishicha, jangarini qo‘lga olish operatsiyasi fuqarolarning hushyorligi va faol ishtirokida amalga oshirilgan.
Izoh (0)