Dohadagi muzokaralardan so‘ng neft narxi keskin tushayotgan bir paytda dollar kursi 68 rubldan, yevro esa 77 rubldan oshdi, deb yozadi “TASS”.
Neft qazib chiqarishni muzlatib qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmagan sharoitda Moskva banklararo valyuta birjasi va Rossiya savdo tizimi indekslari savdolar boshida 1,2 foizga tushib ketdi.
2016-yil iyunida yetkazib beriladigan Brent markasidagi neft narxi London birjasidagi savdolar ochilishida 7 foizga — bir barreli uchun 40,1 dollargacha arzonlashdi.
WTI markasidagi neft narxi esa 6,8 foizga tushib, barreliga 36,61 dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)