Xitoy Oliy xalq sudi va Oliy xalq prokuraturasi korrupsiyachilarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash tartibini belgiladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Bundan buyon oliy jazo 460 ming dollardan oshiq miqdordagi mablag‘ni noqonuniy ravishda o‘zlashtirish yoki pora sifatida qabul qilish holatlarida qo‘llaniladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta ko‘lamli kampaniya 2012-yilda hukumat tepasiga XXR raisi Si Szinpin kelishi bilan boshlandi. O‘shandan buyon minglab amaldorlar partiya intizomini buzganlik va korrupsiya uchun jazolangan.
Izoh (0)