Futbol bo‘yicha Yaponiya chempionati turli divizionlarining 16-aprel, shanba kuniga belgilangan to‘rtta o‘yini mamlakat janubi-g‘arbida tinmayotgan zilzilalar tufayli bekor qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Foto: AFLO
Bekor qilingan o‘yinlar ikkinchi kun ketma-ket yerosti silkinishlari ro‘y berayotgan Kyusyu oroli stadionlarida o‘tkazilishi lozim edi. Bu yerda 15-aprel, shanba kuni kechki payt 7,3 magnitudagacha bo‘lgan zilzilalar turkumi sodir bo‘ldi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida mamlakatda 13 kishi halok bo‘ldi, 800 dan oshiq kishi jarohatlandi. Ayni paytda mintaqada har 10 daqiqada yerosti silkinishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)