Portugaliyalik qoidasiz janglar (MMA, Mixed Martial Arts) ishtirokchisi Joau Karvalyu Irlandiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Total Extreme Fighting bellashuvining uchinchi raundida texnik nokaut bilan amerikalik Charli Uordga imkoniyatni boy berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Jang yakunlanganidan so‘ng sportchi boshidagi qattiq og‘riqlardan shikoyat qildi. Garchi shifokorlar unda jiddiy jarohatlarni aniqlamagan bo‘lsa-da, birinchi yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga yetkazildi.
Karvalyu kasalxonada operatsiyani boshidan o‘tkazdi, biroq holati o‘nglanmadi: 12-aprel, seshanbaga o‘tar kechasi sportchi Dublindagi Beaumont Hospital’da 28 yoshida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)