Eron neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning Qatar poytaxti Dohada 17-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan xomashyo qazib olishni muzlatish bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, Eron neft vazirining uchrashuvdagi ishtiroki avvaldan rejalashtirilmagandi, biroq mamlakat muzokaralarga vakilini jo‘natishi kutilgandi.
Neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning aksariyati Dohadagi uchrashuvda qatnashuvini tasdiqlagan bo‘lib, unda xomashyo qazib chiqarish hajmini 2016-yil yanvar oyi darajasida qoldirish masalasi muhokama qilinadi.
Izoh (0)