Indoneziya sohillari yaqinida 15-aprel, juma kuni 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” AQSh geologiya xizmatiga tayanib.
Yer osti silkinishlari epitsentri Indoneziyaning Shimoliy Maluku provinsiyasidagi Tobelo shahridan 112 km shimoli-g‘arbda, ofat o‘chog‘i esa 88,8 km chuqurlikda joylashdi.
Seysmik faollik natijasida kuzatilgan vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida xabar berilmayapti.
Izoh (0)