Suriyada Rossiyaning Mi-28N vertolyoti qulashi oqibatida Sizran oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini tamomlagan uchuvchilar — ekipaj komandiri Andrey Okladnikov va shturman Viktor Pankov halok bo‘lgan. Bu haqda “Malenkaya Sizran” nashriga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Nashrning bildirishicha, Mi-28N tungi parvoz chog‘ida, “deyarli butkul qorong‘i va kam o‘rganilgan manzilda” halokatga uchragan. Ekipaj havo kemasini tungi ko‘zoynaklar yordamida boshqargan.
Izoh (0)