Italiyaning “Milan” klubi bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Mixaylovich joriy mavsum oldidan “Milan”ni qabul qilib olgandi. A Seriyaning 32-turidan keyin klub 6-o‘rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, “rossonerilar” Italiya Kubogi finalida o‘ynaydi.
Serbiyalik mutaxassis o‘rniga klubning sobiq futbolchisi Kristian Brokki vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi. Brokki jamoani mavsum oxirigacha boshqarib turadi.
Brokki so‘nggi uch yildagi “Milan”ning beshinchi murabbiyiga aylandi.
Izoh (0)